Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropaning yana bir davlatida koronavirusning uchinchi to‘lqini boshlandi

Yevropaning yana bir davlatida koronavirusning uchinchi to‘lqini boshlandi

Foto: «RIA»

Koronavirus pandemiyasining uchinchi to‘lqini Polshaga yetib keldi, dedi Polsha sog‘liqni saqlash vaziri Adam Nedzelskiy Varshavada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

«Pandemiyaning uchinchi to‘lqini allaqachon Polshada deb aytishimiz mumkin», — dedi vazir.

Uning ta’kidlashicha, so‘nggi paytlarda koronavirus bilan kasallanishlar soni ko‘paymoqda. Bu holat, jumladan, haftalik ko‘rsatkichlarda ham aks etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligining oxirgi ma’lumotlariga ko‘ra, epidemiya boshlanganidan beri Polshada koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 1 623 218, o‘lganlar soni 41 823 kishini tashkil etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring