Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Har 12 soniyada bir bemor koronavirusdan vafot etyapti

Har 12 soniyada bir bemor koronavirusdan vafot etyapti

Foto: «Iranintl.com»

Har 12 soniyada bir bemor koronavirusdan vafot etyapti — JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus tashkilotning ijroiya qo‘mitasi 150-sessiyasida shunday bayonot berdi.

«Omikron» — so‘nggi shtamm emas, pandemiya boshlanganidan beri kasallikni boshdan o‘tkazganlar soni 350 million nafardan oshdi», — ta’kidladi u.

Worldometer ma’lumotiga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi davrida jahon bo‘yicha:

  • Kasallanganlar — 355 216 944
  • Vafot etganlar — 5 622 922
  • Sog‘ayganlar — 282 114 933

Pandemiya davrida eng ko‘p o‘lim kuzatilgan mamlakatlar: AQSh, Braziliya, Hindiston, Rossiya, Meksika, Peru, Buyuk Britaniya, Indoneziya, Italiya va Kolumbiya.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring