Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Har 15 soniyada bir inson koronavirusdan vafot etmoqda

Har 15 soniyada bir inson koronavirusdan vafot etmoqda

Foto: «UC Berkeley News»

Jahonda har 24 soatda o‘rtacha 5900 nafar koronavirusga chalingan bemor dunyodan ko‘z yumyapti, bir soatda — 247, har 15 soniyada — bir o‘lim! 

5-avgust holatiga koronavirus qurbonlari soni 705 ming nafardan oshdi. Bu boradagi antireyting yetakchilari — AQSh, Braziliya, Hindiston va Meksika.

Koronavirusga chalinganlar jami soni 18,75 mln.dan oshdi. Eng ko‘p bemorlar AQSh, Braziliya, Hindiston, Rossiya va JARda.

Kecha dunyo bo‘yicha 254 988 nafar yangi kasal aniqlandi, bu bir kun avvalgidan (199 917) ancha ko‘p.

Kecha koronavirusdan vafot etgan soni 6298 nafarga yetdi, bu bir kun ilgarigidan qariyb ikki mingtaga ko‘p. Shuning barobarida tuzalganlar soni ham yuqori bo‘ldi: 4-avgustda — 231 813, 3-avgustda — 203 806 nafar bemor.

«Worldometer»dan olingan so‘nggi ma’lumotga ko‘ra (05.08.2020, soat 19:30), jahon bo‘yicha koronavirusni yuqtirishlar jami 18 756 880 taga yetdi, vafot etganlar — 705 414, sog‘ayganlar — 11 966 727 nafar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring