Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Harbiylar Qozog‘istondan kelgan 1157 nafar hamyurtimiz xavfsizligini ta’minlamoqda (foto+video)

Harbiylar Qozog‘istondan kelgan 1157 nafar hamyurtimiz xavfsizligini ta’minlamoqda (foto+video)

Kecha, 25 mart kuni 1157 nafar O‘zbekiston fuqarosi temiryo‘l orqali Qozog‘iston Respublikasidan Samarqand shahriga olib kelindi. Bu haqda harbiy jurnalist kapitan G‘ayrat Madrahimov Xabar.uz’ga ma’lum qildi.

Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi, viloyat hokimligi, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda soha mutaxassislari tomonidan hamyurtlarimiz qisqa fursatda Samarqand shahrida vaqtincha tashkil etilgan karantin maskaniga joylashtirildi.

30 ga yaqin shifokorlar tomonidan sog‘lig‘i tekshirilgan yigit-qizlar, ayollar hamda bolalar o‘zlari uchun ajratilgan hamda dizenfeksiya qilingan shinam xonalarga joylashtirildi.

Karantindagi fuqarolarni xavfsizligini ta’minlash maqsadida Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchilari tomonidan patrullik qo‘riqlovi tashkil etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring