Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindiston bosh vaziri «koronavirus bo‘roni» haqida e’lon qildi

Hindiston bosh vaziri «koronavirus bo‘roni» haqida e’lon qildi

Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi «koronavirus bo‘roni» mamlakatni larzaga keltirayotganini e’lon qildi. Hindiston hukumati rahbari koronavirus yuqtirganlarning kunlik rekord darajada ko‘payishiga shunday munosabat bildirdi.

«Biz infeksiyaning birinchi to‘lqini bilan muvaffaqiyatli kurashgan edik, ammo ikkinchi to‘lqin xalqimizni larzaga keltirdi», dedi u.

So‘nggi 24 soat ichida mamlakatda aniqlangan kasalliklar soni 349 mingni tashkil etdi, har kuni minglab kishilar kasallik qurboni bo‘lmoqda.

Dehlidagi shifoxonalar kasallarni qabul qilishdan bosh tortishmoqda, chunki ular tibbiy kislorod va o‘rin yetishmovchiligiga duch kelishgan. Shifokorlar bemorlar oqimiga dosh bera olmayaptilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring