Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda o‘ta xavfli Nipah virusi tarqaldi

Hindistonda o‘ta xavfli Nipah virusi tarqaldi

Hindiston sog‘liqni saqlash vaziri Vina Jorjning so‘zlariga ko‘ra, Hindistonning Kerala shtatida 11 kishiga xavfli Nipah virusi tashxisi qo‘yilgan va ularning ahvoli barqaror. Bu haqda RIA Novosti ma’lum qilmoqda.

Nipah virusi uchuvchi ko‘rshapalak va sichqonlar orqali yuqadi. Virus, odatda, kasal hayvondan so‘lak bilan zararlangan mevalarni iste’mol qilgan odamlarga yuqadi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bu virusni dunyodagi eng xavfli viruslardan biri deb atagan, bu kasallikka qarshi dori -darmon yoki vaksina yo‘q, kasallikdan o‘lim darajasi 40 dan 75 foizgacha deya ta’kidlagan.

Avvalroq, Hindiston rasmiylari kasallikning to‘rt marta tarqalishi haqida xabar berishgan - 2001 va 2007 yillarda G‘arbiy Bengaliyada, 2018 va 2019 yillarda - Keralada.

Kerala hukumati 12 yoshli bolaning Nipah virusidan o‘lgani haqida xabar berish arafasida shtat shifokorlari u bilan aloqada bo‘lgan 251 kishini tekshirishni boshladilar.

«Kojikode tibbiyot kolleji va shifoxonasida 38 kishi izolyasiya qilingan, ulardan 11 kishida kasallik alomatlari aniqlangan. Sakkiz kishining namunalari Milliy virusologiya institutiga tekshirish uchun yuborilgan. Kasalxonaga yotqizilganlarning hammasining sog‘lig‘i barqaror», — deydi Jorj NDTV telekanaliga bergan intervyusida.

Kasallik tarqalishining oldini olish uchun Hindiston Sog‘liqni saqlash vazirligi epidemiologik kuzatuvni kuchaytirishni va bemorlar bilan aloqani yanada intensiv kuzatishni tavsiya qilgan. Ayniqsa, kasal bola topilgan Kojikode tumanida va qo‘shni uchta tumanda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring