Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahonda koronavirus bilan kasallanishlar soni 500 milliondan oshdi

Jahonda koronavirus bilan kasallanishlar soni 500 milliondan oshdi

Foto: BBC

Worldometer ma’lumotiga ko‘ra (12.04.2022, 16:00), koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon jahonda virus bilan kasallanishlar soni 500 097 001 taga yetdi.

Koronavirus pandemiyasi davrida 6 206 648 kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Kasallanishlar jami soni eng yuqori mamlakatlar: AQSh (+82 mln), Hindiston(+43 mln), Braziliya (+30 mln).

Kunlik kasallanish holatlari yuqori mamlakatlar (kechagi ma’lumot): Germaniya (92 639), Janubiy Koreya (90 928), Yaponiya (47 876), Avstraliya (42 726).

Kovid oqibatida o‘lim holatlari eng ko‘p kuzatilgan mamlakatlar: AQSh (1 012 461), Braziliya (661 389), Hindiston(521 723).

O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi davrida virusni yuqtirish holatlari 238 098 marotaba aniqlandi, qurbonlar soni — 1 637, kecha 14 nafar kovid-bemor ro‘yxatga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring