Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Afrikada koronavirusning yangi xavfli turi aniqlandi

Janubiy Afrikada koronavirusning yangi xavfli turi aniqlandi

Janubiy Afrika olimlari koronavirusning tez tarqalayotgan yangi shtammini aniqlashdi. Ushbu shtamm ham eng xavfli «beta» va «delta» shtammlari kabi juda tez tarqaladi. Tadqiqotlar natijasi medRxiv saytida ma’lum qilingan. 

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, may oyida C.1.2 ning yangi shtammi ketma-ket namunalarning 0,2 foizini, iyun oyida — 1,6 foizini tashkil etgan. Iyul oyida esa bu ko‘rsatkich «beta» va «delta» shtammlari kabi 2 foizlik ko‘rsatgichni namoyon qilgan.

Olimlar yangi shtammning paydo bo‘lishi nisbatan tez mutatsiya natijasi bo‘lganligini aniqlashgan. Uning tezligi yiliga taxminan 41,8 marta yuqori, bu SARS-CoV-2 mutatsiyasidan 1,7 barobar tezdir.

«Virusli evolyusiyaning umumiy tezligi bilan taqqoslaganda tezlashtirilgan evolyusiyaning bunday qisqa davri «alfa», «beta» va «gamma» ko‘rinishi uchun ham xarakterlidir», — deyiladi tadqiqotda.

 Bundan tashqari, olimlarning ta’kidlashicha, C.1.2 dagi tojdor mutatsiyalarning 52 foizi avvalgi «alfa», «beta», «gamma» va «delta» shtammlarida aniqlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring