Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus homila tushishiga sabab bo‘ladimi?

Koronavirus homila tushishiga sabab bo‘ladimi?

Bilamizki, har qanday epidemiya davrida homiladorlar, bolalar va keksa yoshdagilar xavf guruhiga kirishadi. Garchi aksariyat vaziyatlarda yangi koronavirus keksalarda og‘ir kechayotgan bo‘lsa-da, ayollar ham xavf-xatardan xoli emas.

2014-yil Amerikaning infeksion kasalliklar jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, MERS tashxisi qo‘yilgan birgina ayoldan o‘lik bola tug‘ilgan. Kasallik vaqtida u tibbiy yordamdan bosh tortgan, negaki ko‘krak qafasini rentgen qilishdan hamda homiladorlik paytida dori qabul qilishdan xavfsiragan. Xastalikdan oldin u muntazam shifokorga borib turgan va homiladorligida hech qanday asorat qayd etilmagan. Bungacha u olti marta sog‘lom bolalarni dunyoga keltirgan.

Shuningdek, 2004-yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, SARS ona o‘limi, bola tushishi, jiddiy kasalliklarni keltirib chiqargan.

Homiladorlik davrida ayolning immun himoyasi zaiflashadi, buesa uni har qanday infeksiya oldida ojiz qilib qo‘yadi. Bundan tashqari, ona va homila tanasining kislorodga bo‘lgan ehtiyoji ortadi. Bu, ayniqsa, ikkinchi va uchinchi oyliklarga taalluqli. Bunda respirator kasalliklarning kechishi va asoratlar qolishi xavfi ortadi.

Shu tufayli homilador ayollar ham boshqalar kabi oddiy profilaktika choralariga amal qilishsa nur ustiga nur bo‘ladi!

Ya’ni, shamollash alomatlari, xususan, yo‘tali bor odamlardan uzoqroq yurish, aholi gavjum joylarga imkonqadar bormaslik (teatr, kino, jamoat transporti, bozor va hokazo), qo‘lni tez-tez sovunlab yuvib turish (kamida 20 soniya yuvish kerak), qo‘llarga dezinfeksiyalovchi vositalar bilan ishlov berish, og‘iz, burun, ko‘zni ushlamaslikka harakat qilish va albatta infeksiyaning har qanday alomatlari paydo bo‘lganda, tezroq shifokorga murojaat etish zarur.

E’zoza Turg‘unova

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring