Koronavirus — oldinda hali «uzoq yo‘l» bor
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus koronavirusga qarshi kurash g‘ayrioddiy kechayotganini ta’kidladi.
Bosh direktor JSST dasturiy, budjet va ma’muriy masalalar qo‘mitasining yig‘ilishida ma’ruza qildi.
Dunyo pandemiyaning uchinchi yiliga qadam qo‘ydi, insoniyat yangi virusga qarshi kurashda siljishga erishdi, biroq oldinda hali «uzoq yo‘l» bor, — dedi Gebreyesus.
2022-yil «pandemiyaning o‘tkir bosqichi»ga barham berishda burilish nuqtasi bo‘lishi mumkin.
2020 va 2021-yillarda JSST budjeti 5,8 mlrd. dollarni tashkil etdi. Biroq pandemiya sababli bundan ancha ko‘p mablag‘ga ehtiyoj tug‘ildiki, xususiy saxovatpeshalar va ayrim davlatlar hisobidan qoplandi.
JSST ma’lumotga ko‘ra, pandemiya boshlanganidan beri 328 532 929 kishi koronavirus bilan kasallandi, 5 542 359 kishi bevosita virus va uning asoratlari oqibatida vafot etdi. Pandemiyadan eng ko‘p AQSh, Hindiston va Braziliya talafot ko‘rdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter