Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus: o‘tgan hafta noxush rekord qayd etildi

Koronavirus: o‘tgan hafta noxush rekord qayd etildi

Foto: «News.yandex.ru»

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) xabariga ko‘ra, dunyoda bir hafta ichida koronavirusni yuqtirish holati rekord darajada ko‘paydi.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 14 — 20-sentyabr kunlari dunyoda COVID-19ni yuqtirish bo‘yicha 1 998 897 ta yangi holat qayd etildi, 36 764 nafar bemor vafot etdi.

Koronavirusga chalinganlar soni oldingi hafta (7-13-sentyabr) bilan taqqoslaganda 6%ga ko‘paydi, lekin o‘lim darajasi 10%ga kamaydi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deya e’lon qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring