Koronavirus, O‘zbekiston: yangi «rekord» qayd etildi
22-noyabr kuni 96 nafar kishida koronavirus aniqlandi, deya xabar qildi SSV matbuot xizmati.
Bu so‘nggi vaqt ichidagi eng yuqori ko‘rsatkich. 19-noyabr kuni 92 kishi kasallangandi.
2022-yil 22-noyabr kuni ro‘yxatga olingan bemorlarning:
6 nafari Buxoro viloyatida,
12 nafari Namangan viloyatida,
4 nafari Samarqand viloyatida,
1 nafari Xorazm viloyatida,
16 nafari Toshkent viloyatida,
57 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter