Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus va grippdan o‘lim darajasi taqqoslandi

Koronavirus va grippdan o‘lim darajasi taqqoslandi

Foto: «RIA»

Kanadalik olimlar COVID-19 va grippdan o‘lim darajasini taqqosladilar. Tadqiqot natijalari «CMAJ» jurnalida chop etildi.

Mutaxassislar 2019-yil 1-noyabrdan 2020-yil 30-iyungacha koronavirus infeksiyasining yuqori darajasi qayd etilgan va aholisi ko‘p bo‘lgan Toronto va Missisissaugadagi yettita katta shifoxonaga gripp va COVID-19 bilan yotqizilgan bemorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganib chiqdilar.

Buni qarangki, COVID-19 bilan kasallangan bemorlar intensiv terapiya bo‘limiga yotqizilish ehtimoli gripp bilan shifoxonaga yotqizilgan bemorlarga qaraganda bir yarim baravar ko‘p, ustiga-ustak, ular bir yarim baravar uzoqroq qolishgan. Bundan tashqari, koronavirusga chalingan bemorlar orasida o‘lim darajasi 3,5 baravardan yuqori bo‘lgan.

Tadqiqot mualliflarining fikricha, ushbu farqlar mavsumiy grippga qaraganda koronavirusga immunitetning past darajasi bilan bog‘liq bo‘lib, COVID-19ga qarshi ommaviy immunitet paydo bo‘lishiga qarab rivojlanib boraveradi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 108 milliondan ortiq kishi koronavirus bilan kasallangan. 2,3 milliondan ortiq odam pandemiya qurboniga aylangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring