Koronavirus yana 2 yurtdoshimizning umriga zomin bo‘ldi
2021-yil 10-iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 102892 (+287) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 6 nafari Andijon viloyatida, 4 nafari Buxoro viloyatida, 15 nafari Jizzax viloyatida, 17 nafari Qashqadaryo viloyatida, 4 nafari Navoiy viloyatida, 5 nafari Namangan viloyatida, 28 nafari Samarqand viloyatida, 2 nafari Sirdaryo viloyatida,
20 nafari Surxondaryo viloyatida, 9 nafari Farg‘ona viloyatida, 5 nafari Xorazm viloyatida, 39 nafari Toshkent viloyatida,
SSV xabariga ko‘ra, 132 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 10, Andijon viloyatida 14, Buxoro viloyatida 4, Qashqadaryo viloyatida 19, Navoiy viloyatida 8, Namangan viloyatida 4, Samarqand viloyatida 26, Surxondaryo viloyatida 13, Farg‘ona viloyatida 18, Xorazm viloyatida 12, Toshkent viloyatida 37, Toshkent shahrida 166 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 98923 (+331) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 704 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3265 nafar bemor davolanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter