Koronavirus. Yarim orolda bunday holat bahorda ham kuzatilmagandi

Italiyada bir kecha-kunduzda aniqlangan koronavirus holatlari soni ikkinchi kundirki ketma-ket rekord o‘rnatishda davom etmoqda: butun epidemiya davomida ilk bor 16 mingtadan oshdi, deya xabar berdi sog‘liqni saqlash vazirligi.
Bir kecha-kunduzda 16079 yishi koronavirusni yuqtirib oldi. Bir kun oldin 15199 ta yangi holat qayd etilgandi. Bahorda eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichi 6,5 mingdan oshmagandi.
Italiya sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, epidemiya boshlangandan buyon Apennin yarim orolida jami 465 726 ta COVID-19 holati ro‘yxatga olingan.
Infeksiya qurbonlari soni mamlakat bo‘ylab 136 nafarga ko‘payib, jami vafot etganlar soni 36968 kishiga yetdi. Bir kun avval 127 bemor hayotdan ko‘z yumgandi.
Italiyada koronavirusdan tuzalganlar soni 2082 kishiga ko‘payib, sog‘ayganlarning soni jami 259456 nafardan oshdi. Reanimatsiya bo‘limidagi bemorlar soni ming kishiga yaqinlashib qolgan (992), shifoxonada yotganlar soni 9694 (+637) kishini tashkil etadi — ushbu ikkala tamoyil ham o‘sishni tezlashtirmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter