Koronavirusdan tuzalgan yoshlar nimalardan xavfsirashi kerakligi aytildi

Koronavirus infeksiyasidan qutulganlarga mushaklardagi surunkali charchoq va zaiflikdan tashqari, psixologik muammolar asosiy tahdid hisoblanadi. Bu, ayniqsa, yoshlarga kuchliroq ta’sir qiladi, — deydi italiyalik shifokor Silvestro Skotti.
«Agar keksa kishilar surunkali kasalliklar bilan yashashga ko‘nikishgan bo‘lsa, yoshlar koronavirusni boshidan o‘tkazishganida ilk bor o‘zlarining zaifligini tushunishadi», — deydi mutaxassis.
Uning ta’kidlashicha, bemorlarning uchdan bir qismi tiklanganidan so‘ng turli xil asoratlarni boshdan kechirishmoqda. Jumladan, jismoniy zaiflikdan tashqari, ularda tashvishlanish, kayfiyatning tez o‘zgaruvchanligi va uyqusizlikni kuzatish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter