Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga chalinganlarni davolayotgan 152 shifokor reabilitatsiyaga kuzatildi

Koronavirusga chalinganlarni davolayotgan 152 shifokor reabilitatsiyaga kuzatildi

Bugun koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni samarali davolashda fidoyilik bilan mehnat qilgan Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasining 108 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqlik klinikasining 44 nafar, jami 152 nafar tibbiyot xodimlari Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov tomonidan chuqur minnatdorlik izhor etilib, yuksak ehtirom bilan reabilitatsiyaga kuzatildi. Endilikda ularning o‘rnida navbatdagi fidoyi tibbiyot xodimlari faoliyat boshlashadi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berib o‘tdi.

Ayni paytda yurtimizda yuz mingdan ziyod tibbiyot xodimlari koronavirus infeksiyasiga chalingan yuzlab bemorlarni davolashmoqda, karantinda bo‘lgan minglab fuqarolarni tibbiy kuzatuvga olishgan. Shifokorlarimizning mana shunday matonatli mehnatlarini har qancha e’tirof etsak arziydi. Quvonarli jihati, shifokorlarimiz mahorati va fidoyiligi bilan koronavirus infeksiyasini samarali davolash mumkinligini isbotlashmoqda. Jumladan, shu kungacha shifokorlar sa’y-harakatlari bilan Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasidan 110 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqlik klinikasidan esa 48 nafar, jami 158 nafar bemor butkul sog‘ayib chiqqanini alohida ta’kidlash lozim.

Oilasi, yaqinlari, xalqimiz uchun ishda qolib, koronavirus infeksiyasiga bemorlarni shifo ulashishga intilayotgan tibbiyot xodimlari har qancha e’tirofga loyiq.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring