Koronavirusga qarshi hamma majburiy emlanadimi?

Jahon tibbiyot assotsiatsiyasi (WMA) raisi Frank Ulrix Montgomeri koronavirusga qarshi majburiy vaksinatsiyani yoqlab chiqdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
«Men qizamiqqa qarshi majburiy vaksinatsiya tarafdori bo‘lganman. Hozir ham majburiy vaksinatsiyani yoqlayman», — degan u «Funke» nashriga.
Montgomerining so‘zlariga ko‘ra, emlashni xohlamagan kishilar koronavirusni yuqtirib olishsa, sog‘ligi ko‘tarmaganligi uchun vaksinatsiya ololmagan odamlarga xavf soladi. «Shu bois biz iloji boricha ko‘proq odamlarni emlatishimiz zarur», — deya ta’kidlagan mutaxassis. Birinchi navbatda, nogironlar va qariyalar uyida yashovchilarni, shuningdek, ushbu muassasa xodimlarini emlatish darkor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter