Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusni og‘ir o‘tkazgan shayxontohurlik bemor vafot etdi

Koronavirusni og‘ir o‘tkazgan shayxontohurlik bemor vafot etdi

Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 64 yoshli M.M. (erkak) 25 iyun kunidan 14-iyul kuniga qadar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida «O‘tkir strangulyasion ingichka ichak tutilishi» tashxisi bilan statsionar davolangan.

Bemorda 14-iyul kuni «COVID-19» tasdiqlangan va o‘ta og‘ir holatda Zangiota tumanidagi Ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklari shifoxonasiga o‘tkazilgan.

Unga «COVID-19» infeksiyasining og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya, ingichka ichak rezeksiyasi va anastomozi operatsiyasidan so‘nggi holat tashxisi qo‘yilgan. Bemorda kasallik o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi asorati bilan kechgan.

Shuningdek, unda o‘tkir strangulyasion ichak tutilishi hamroh xastaligi bo‘lgan. 

Bemor asosiy kasallik asoratlari hisobiga ahvoli keskin og‘irlashib, muolajalarga qaramasdan u o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring