Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusni qayta nomlash taklif qilindi

Koronavirusni qayta nomlash taklif qilindi

Foto: DW

Italiyalik olimlar nomi hammaga yod bo‘lib ketgan «COVID-19» o‘rniga «MicroCLOTS» atamasidan foydalanishni taklif qilishdi.

Kasallik nafaqat o‘pkaga, balki qon tomirlariga ham zarar yetkazayotgani, bosh miyada ham tromblar hosil bo‘lishiga olib kelayotgani uchun shu tashabbus ilgari surildi.

Rossiyalik mutaxassislar esa kasallikni nomlashga shoshilmaslikni, COVID-19 ning qon tomirlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’siri to‘liq o‘rganilmagani, tadqiqotlar o‘tkazish kerakligini aytishmoqda. Shunga qaramasdan, kasallikdan vafot etganlar ustida olib borilgan o‘rganishlar yuqori darajada tromblar hosil bo‘layotganini tasdiqlaydi, deb yozadi «Izvestiya».

Vrach-patomorfolog, tibbiyot fanlari nomzodi Liliya Selivanova shaxsan o‘zi COVID-19 ning 10 nafar qurbonini o‘rganish natijasida ularning to‘qqiz nafarida trombning turli lokalizatsiyalarini o‘pka arteriyasi, buyrak tomirlari, qorataloq, yurak tojsimon arteriyalarida uchratganini aytadi.

Selivanovaning ta’kidlashicha, ilgari o‘pkani zararlab o‘tkir respirator distress-sindromi rivojlangani uchun faqat respirator kasallik sifatida qaralgan infeksiya endilikda inson qon tomirlarida ham xuddi shunday oqibatlarga sabab bo‘layotgani ekspertlar tomonidan qayd etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring