Koronavirusni tilga qarab aniqlash mumkin
Tilda shishlarning paydo bo‘lishi koronavirusni yuqtirganlikdan dalolat berishi mumkin. Olimlarning tadqiqot natijalari «The British Journal of Dermatology» jurnalida chop etildi.
Koronavirusga chalinganda ba’zan tilda shishlar paydo bo‘ladi. COVID-19ga duchor bo‘lgan bemorlarning to‘rtdan bir qismida bu alomat qayd etilmoqda. Biroq so‘nggi paytlarda tilida shishlarni payqayotgan bemorlar soni ko‘paymoqda. Shuningdek, shishlar bilan birga mahalliy yallig‘lanish ham kuzatilmoqda.
Olimlar ushbu alomat paydo bo‘lishini organizmda viruslarni aks ettiruvchi retseptorlar — angiotenzinga o‘zgaruvchi ferment borligi bilan izohlashmoqda. Ushbu retseptorlarning aksar qismi tilda joylashgan bo‘lib, og‘iz bo‘shlig‘idagi yallig‘lanish bilan izohlanadi.
Bundan tashqari, tadqiqot chog‘ida koronavirus infeksiyasining tez-tez uchraydigan boshqa alomatlarini ham aniqlashga muvaffaq bo‘lindi. Ular orasida ta’m bilmay qolish ba’zida koronavirusga test tahlili manfiy chiqqandan keyin ham saqlanib qoladi. Shuningdek, ular bruksizm — tishlarni beixtiyor g‘ichirlatishni ham o‘z ichiga oladi: bu tishlarning yorilishi va bo‘laklarga bo‘linishiga olib keladi. COVID-19 ning boshqa alomatlari orasida virusning so‘lak bezlariga ta’sir qilishi natijasida og‘izning qurishi va qon ketish ham bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter