Koronavirusning eng zaif joyi aniqlandi
Amerikalik olimlar koronavirusning asosiy zaif tomonini aniqlashdi. Mavjud preparatlar yordamida unga ta’sir o‘tkazishga yordam beradi. Chikago universiteti qoshidagi Pritsker nomli molekulyar muhandislik maktabi tadqiqotchilari qo‘lga kiritgan ma’lumotlar «Science Advances» jurnalida chop etildi.
Maqola mualliflarining ta’kidlashicha, dori uchun eng jozibador «nishon» — Mpro proteazasi (virusning replikatsion mexanizmida ishtirok etuvchi ferment). Avvalroq tibbiyot xodimlari uning tuzilishiga ta’sir o‘tkazishga hamda uning yordamida yangi koronavirus va SARS-CoV o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashga urinib ko‘rishgan.
Amerikalik mutaxassislar, shuningdek, oqsildagi ilgari o‘rganilmagan bog‘liqlikni topishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu koronavirus infeksiyasini davolashda yangi strategiyalarni ishlab chiqishga yo‘l ochib beradi.
Shu tariqa, ular proteazaga ta’sir qiladigan eng samarali birikmalardan biri ebselen ekanligini aniqlashdi. Mazur dori molekulasi antioksidant va yallig‘lanishga qarshi kurashish xususiyatiga ega. Ushbu topilma, tadqiqotchilarning fikricha, COVID-19ni davolashda mavjud strategiyalarni qaytadan ko‘rib chiqishga ishora qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter