Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusning ilk xabarchisi marhum shifokor o‘g‘illi bo‘ldi

Koronavirusning ilk xabarchisi marhum shifokor o‘g‘illi bo‘ldi

Foto: «Weibo»

Uxanda koronavirus tarqalganini birinchi bo‘lib xabar bergan va COVID-19 tufayli vafot etgan xitoylik shifokor Li Venlyanning rafiqasi sog‘lom o‘g‘ilni dunyoga keltirdi, deb yozadi «Penpay» nashri.

Ona va bola soppa-sog‘. Marhum shifokorning rafiqasi Fu Syuesze «WeChat» ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida shunday so‘zlarni yozib qoldirdi: «Buni ko‘ryapsizmi? Sizning menga tuhfa etgan so‘nggi sovg‘angiz dunyoga keldi».

Uxan markaziy shifoxonasi oftalmologi Li Venlyan 30-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali hamkasblariga dengiz mahsulotlari bozoridagi yettita SARS holati tasdiqlanganini ma’lum qildi. Tibbiyot xodimi qoldirgan post Xitoydagi turli ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalib ketdi. Keyingi kuni Li Venlyan hamda virus tarqalganini ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatgan yana yetti nafar shifokor Uxan shahar politsiya mahkamasiga chaqirildi. Ular ijtimoiy tarmoqlar orqali yolg‘on xabar tarqatganlikda ayblanib, boshqa bunday qilmaslik uchun ogohlantirildi.

7-fevral kuni uxanlik Li Venlyanning yuragi to‘xtab qoldi: u markaziy gospitalda koronavirus tufayli vafot etdi. Xitoy hukumati oftalmolog Li Venlyanning o‘limini tan oldi va buni «ish vaqtidagi zararlanish» deya izohladi.

Yangi tipdagi koronavirus chaqirgan COVID-19 pnevmoniyasi ilk bor 2019-yil dekabrda Xitoyning Uxan shahrida qayd etilgan. 11-mart kuni JSST yuzaga kelgan vaziyatni pandemiya deb e’lon qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring