Koronavirusning yangi shtammi paydo bo‘ldi

Fransiya janubida koronavirusning yangi shtammi aniqlandi. Bu haqda Avstriyaning «Heute» («Bugun») gazetasi xabar berdi.
Gazetadagi ma’lumotga ko‘ra, noma’lum shtamm Kamerundan Fransiyaga qaytgan sayohatchida va keyinchalik 12 kishida aniqlangan. Ekspertlar virus uyg‘otuvchisi Afrikaning ushbu mamlakatida tarqalganini istisno qilishmayapti. Virusni yuqtirganlarning barchasida «mutatsiyalarning atipik kombinatsiyasi» aniqlangan, yozmoqda nashr.
Yangi shtammga marsellik shifokorlar B.1.640.2 kod raqamini berishdi (tasdiqlansa, keyinchalik u ham yunon harflaridan biri bilan nomlanishi mumkin).
Yangi shtamm qanchalik yuqumli yoki xavfli — hozircha noma’lum. Biroq bir narsa aniq: undagi mutatsiyalar — 46 ta, bu «Omikron»dagidan 9 taga ko‘p!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter