Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ko‘rshapalaklarda 24 ta yangi turdagi koronavirus aniqlandi

Ko‘rshapalaklarda 24 ta yangi turdagi koronavirus aniqlandi

Foto: «Global Look Press/Gregorio B. Dantes Jr»

Xitoy Fanlar akademiyasi va Shandun universiteti olimlari ko‘rshapalaklarda koronavirusning COVID-19 ni qo‘zg‘atadigan patogenga o‘xshash yangi turlarini aniqladilar. Bu haqda Cell jurnali xabar berdi.

«Umuman olganda, biz ko‘rshapalaklarning har xil turlarida 24 ta yangi koronavirus genomi, shu jumladan, SARS-CoV-2 ga o‘xshash 4 ta koronavirusni to‘pladik», — deya ta’kidladilar tadqiqot mualliflari.

Xitoy olimlarining so‘zlariga ko‘ra, ko‘rshapalaklardan olingan Rhinolophus pusillus, ayniqsa, SARS-CoV-2 ga juda o‘xshab ketadi. Faqat viruslar yuqtirilgan hujayralarga yopishib olish uchun ishlatadigan oqsildan ozgina farq qiladi.

«2020-yil iyun oyida Tailandda to‘plangan SARS-CoV-2 virusi bilan birgalikda ushbu natijalar SARS-CoV-2 bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan viruslar ko‘rshapalaklar populyasiyasida aylanishini davom ettiryapti, ayrim hududlarda nisbatan yuqori chastotada uchrashi mumkin», — deya xulosa qilishdi mutaxassislar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring