Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kovidni og‘ir o‘tkazgan Davron Fayziyev vaksina haqida yozdi

Kovidni og‘ir o‘tkazgan Davron Fayziyev vaksina haqida yozdi

Taniqli sharhlovchi Davron Fayziyev nima uchun vaksina olgani haqida post qoldirdi.

«Bu mavzuda yozib o‘z tajribam bilan bo‘lishgim keldi. Balki menga o‘xshash holatdagilarga foydasi tegar.

Vaksina masalasida bir oydan beri kuzatuv rejimida edim. Olganlar bilan gaplashib, maqolalar o‘qib, shifokorlardan fikr olib yurdim.

2020 yil sentyabr-oktyabrda kovidni og‘ir o‘tkazganman. Ekspomarkaz va Virusologiyada davolanib chiqqanman (o‘sha yerdagilarga yana bir bor rahmat). Demak bir oydan keyin bir yil bo‘ladi. Juda ko‘pchilikdan eshityapmanki, koronavirus roppa-rosa bir yildan keyin qayta yuqyapti. Antitelamni tekshirdim. Bor, ammo kam, aynan 1 yil bo‘lishiga tugaydigan. Demak, bir oydan keyin chiqadigan antitela uchun hozir vaksina olishim kerak.

Jurnalistlardan doim xabar olib turadigan ukamiz (AOKA mutaxassisi) Ahmad Yusupov qo‘ng‘iroq qilib, poliklinikalarda Moderna vaksinasi bilan emlashayotganini aytib, borishga targ‘ib qildi. Shifokorimku allaqachon oling deb bo‘lgandi. Hullas bordim va moderna bilan emlandim.

Tunda ozgina issig‘im chiqdi. Ertasiga ham davom etdi. Ko‘p suyuqlik ichdim, dori ichmadim. Qo‘lim ham og‘rigani sabab ikkinchi kuni uxlash oldidan bitta dori ichdim. Shu bilan yaxshilanish boshlandi. Uchinchi kun ozgina holsizlikni aytmasa, deyarli o‘tib ketdi hammasi. Vaksina qilgan shifokor har kuni xabar olib turdi.

Hammaga ta’sir qilishi har xil. Men bilan bir kunda olgan ko‘p tanishimda umuman o‘zgarish bo‘lmadi. Vaksina olish o‘ta individual qaror. Lekin, ko‘pchiligimiz maska taqish va masofa saqlashga ko‘pam e’tibor bermayapmiz. Atrofda esa kasallar juda ko‘p. Himoyalanmayapmiz. Ikkita yo‘l qoladi: kasallikni o‘tkazish yoki vaksina.

Ishoning, kasal bo‘lish juda katta tavakkalchilik. Shu sabab vaksina yagona to‘g‘ri yo‘l deyilmoqda. Men ham shaxsiy o‘rganish natijasida shu fikrga keldim. Sizga albatta oling deyolmayman, chunki vrach emasman. Holatingizga qarang, kerak bo‘lsa tekshiruv o‘tkazing, vaksinani va o‘z organizmingizni o‘rganing. Shundan keyin meditsina tomondan to‘siq bo‘lmasa va tarozning narigi tomonida vaksinaga qarshi faqatgina telegramdagi audiolar turgan bo‘lsa, unda boringda emlaning. Hammaga salomatlik tilayman!» deb yozadi u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring