Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kuba koronavirusga qarshi kurash uchun dunyoning turli davlatlariga qariyb 1,5 mingta shifokorini yubordi

Kuba koronavirusga qarshi kurash uchun dunyoning turli davlatlariga qariyb 1,5 mingta shifokorini yubordi

Foto: «Cloudflareapp.com»

Kuba yangi tipdagi koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda yordam berish uchun dunyoning 22 ta davlatiga qariyb 1,5 mingta shifokorini yubordi, deya xabar berdi «RIA Novosti».

«Genri Riv»ning 23 ta tibbiyot jamoasiga birlashgan kubalik 1466 nafar tibbiyot xodimi COVID-19 pandemiyasi ayni avjiga chiqqan pallada virusga qarshi kurashishda yordamlashish maqsadida Yevropa, Lotin Amerikasi va Karib dengizi, Afrika va Yaqin Sharqdagi 22 ta davlatga yo‘l oldi. Bu dardni hamkorlik va hamjihatlik bilangina yengish mumkin», — deyiladi Kuba tashqi ishlar vazirligi xabarida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Kubada 1537 kishi koronavirusga chalingan, 64 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 715 kishi tuzalgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring