London aeroporti COVID-19 avj olishi sabab 160 ta reysni bekor qildi
Londonning Gatvik aeroporti ma’muriyati dispetcherlarning koronavirus infeksiyasi bilan ommaviy kasallangani sababli 160 dan ortiq reyslar bekor qilindi.
1 oktabrga qadar parvozlar soni kuniga 800 tagacha cheklandi. Bunday qarorga Britaniya havo harakatini boshqarish xizmati NATS bilan maslahatlashgan holda kelindi, deb yozadi Straits Times.
Ushbu kunlik cheklov so‘nggi daqiqalarda parvozlarni bekor qilish va kechikishlarning oldini olishga yordam beradi, shu bilan birga, NATS kasallik va xodimlar yetishmasligi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga urinadi.
Qayd etilishicha, aeroport nazoratchilarining qariyb 30 foizi kasallik tufayli ishga chiqa olmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter