Lotin Amerikasi mamlakati birinchi bo‘lib bolalarni koronavirusga qarshi emlashni majburiy qildi
Kosta-Rika 5 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarni COVID-19 ga qarshi emlash majburiyati joriy etilgan ilk mamlakatga aylandi. Bu haqda «RIA Novosti» mamlakat SSVga asoslanib xabar berdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotida, bolalar va o‘smirlarning manfaatlarini himoyalash tamoyillariga muvofiq, Vaksinatsiya va epidemiologiya bo‘yicha milliy komissiya barcha voyaga yetmaganlar uchun koronavirusga qarshi emlanish majburiyatini yukladi, deyiladi.
SSV ma’luotiga ko‘ra, mamlakatdagi 12 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lganlarning 73 foizi koronavirusga qarshi emlangan. Kichik yoshdagi bolalarni emlash uchun (2022-yil martidan joriy etiladi) Kosta-Rika hukumati qariyb 4 million doza «Pfizer» vaksinasini sotib oladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter