Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Madonnada koronavirusga antitanacha topildi

Madonnada koronavirusga antitanacha topildi

Foto: «Twitter.com»

Amerikalik pop-xonanda Madonnada koronavirusga antitanacha topildi. Bu haqda uning o‘zi Instagram-akkauntida ma’lum qilgan.

«Yaqinda test topshirib, menda antitanacha borligidan boxabar bo‘ldim. Shuning uchun ertaga mashinada uzoq safarga yo‘l olaman. Oynalarni ochib, COVID-19 ga to‘yingan havodan nafas olaman», — deb yozgan 61 yoshli qo‘shiqchi.

Xuddi o‘sha postida xonanda odam tabiati haqida ham fikr yuritgan.

«Meni hayratga soladigan narsa, boshqalarning nima deb o‘ylashi, ularning marhamatiga sozovor bo‘lish, bahs-munozaralarda haq bo‘lib chiqish bizni ko‘proq tashvishlantiradi. Bu pastkashlikdan nafratlanaman. Kechinmalarga qullikdan chiqishni xohlayman», — degan Madonna.

Ko‘pchilik artistda chindan ham antitanacha topilganiga ishonmagan. Ayrimlar hatto Madonna ilgari koronavirusga chalingani haqida yozmaganidan hayratda. Yulduzga qayta test topshirishni maslahat berishgan. Chunki ular ishonchsiz bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring