Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktablarga pirometr va dozator xarid qilish uchun 17 mlrd so‘m sarflandi

Maktablarga pirometr va dozator xarid qilish uchun 17 mlrd so‘m sarflandi

Moliya vazirligi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining 19-sentyabr holatiga daromad va xarajatlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, o‘tgan bir oydan ortiq muddatda jamg‘armadan yana 1,5 trln so‘m sarflangan, jami xarajatlar 9,49 trln so‘mga yetdi.

Shaxsiy himoya, dezinfeksiyalash, izolyasiya vositalari, test-diagnostika, dori va tibbiy texnika vositalarini xarid qilishga yana 81 mlrd so‘m, tibbiy xodimlarini rag‘batlantirish hamda SEX uchun 289 mlrd so‘m, karantin va davolashda bo‘lgan fuqarolarga 175 mlrd so‘m, shu jumladan, 43 mlrd so‘m ovqatlantirishga, maktablarga pirometr va dozator xarid qilish uchun 17 mlrd so‘m, jamoat joylarini dezinfeksiya qilishga 2 mlrd so‘m sarflangan.

Jamoat ishlari jamg‘armasiga 70 mlrd, bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasiga 110 mlrd so‘m, kam ta’minlangan oilalarga 100 mlrd so‘m ajratildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring