Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maxsus komissiya qarori bilan Germaniyaga aviareyslar cheklovi bekor qilindi

Maxsus komissiya qarori bilan Germaniyaga aviareyslar cheklovi bekor qilindi

Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilishida mamlakatimizda barqaror epidemiologik vaziyatni saqlab qolish maqsadida koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilingan.

Unda Respublika maxsus komissiyasi tomonidan mamlakatimizdagi epidemiologik vaziyat biroz bo‘lsa-da, barqarorlashganini inobatga olib, aholiga madaniy xordiq chiqarishlarini tashkillashtirish maqsadida konsert saroylarining tomoshabin o‘rindiqlaridan oraliq masofani saqlagan holda (tomoshabinlarni ikkita yonma-yon o‘rindiqda joylashtirib, har uchinchisini bo‘sh qoldirish) tashkil etish tartibi belgilandi.

Shu bilan birga Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 21 dekabrdagi qaroriga muvofiq Germaniya bilan aviareyslarni (kirish, chiqish va tranzit reyslar orqali respublikaga kirish) to‘xtatish bo‘yicha joriy etilgan cheklov bekor qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring