Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliarder COVID-19ga to‘rtta test topshirgandi, natijalari har xil chiqdi

Milliarder COVID-19ga to‘rtta test topshirgandi, natijalari har xil chiqdi

Foto: «Nia-krym.ru»

«Tesla» va «SpaceX» kompaniyalari asoschisi Ilon Mask COVID-19ga to‘rtta ekspress-test topshirdi. Buni qarangki, ularning ikkitasi musbat va ikkitasi manfiy chiqqan. Bu haqda uning o‘zi Twitter-akkauntida yozib qoldirgan.

«Bu qandaydir telbanamo uydirma», — deya hodisani izohlagan tadbirkor. Maskning ta’kidlashicha, to‘rtala tahlilni ham bir kunda topshirgan. Testlar bitta ishlab chiqaruvchiga qarashli, tekshiruvlarning hammasini bitta hamshira o‘tkazgan.

Izohlarda biznesmen u bilan yuz bergan voqea boshqalarda ham kuzatilishi mumkinligini ta’kidladi. Kasal yoki sog‘ligini tekshirish uchun u bir qancha laboratoriyalarda koronavirusga PZR-tahlilini topshirishga qaror qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, natijalar bir kundan so‘ng tayyor bo‘ladi.

Mask oddiy shamollash alomatlari paydo bo‘lgani, shunga qaramay, tekshirishga qaror qilganini tan oldi.

Ayrim foydalanuvchilar tadbirkorni mas’uliyatsizlikda ayblagan. «Iltimos, sog‘liqni saqlash tizimi jiddiy inqirozga uchragan bir paytda odamlar ko‘ngliga g‘ul-g‘ula solishni bas qiling. Aslida ko‘proq mashina sotishni ko‘zlamoqda», — deydi ulardan biri. Yana bir foydalanuvchi esa ekspress-testlar chindan ham ko‘pincha xatoga yo‘l qo‘yayotgani, Maskka keyinroq COVID-19ga antitanacha bor-yo‘qligini tekshirib ko‘rish uchun qon tahlilini topshirishni maslahat berishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring