Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Moderna» vaksinasi «britan shtammi»ga qarshi sinab ko‘rildi

«Moderna» vaksinasi «britan shtammi»ga qarshi sinab ko‘rildi

Foto: RBK

Amerikaning «Moderna» kompaniyasi COVID-19ga qarshi ishlab chiqqan vaksina Britaniyada aniqlangan virusning yangi shtammidan samarali himoyalay oladi. Bu haqda kompaniya saytidagi xabarga asoslanib «Regnum» yozmoqda.

Ta’kidlanishicha, «Moderna» mutaxassislari o‘z vaksinasi bilan emlangan hayvonlar va odamlardan olingan qon plazmalarida pandemiyaning keyingi davrida paydo bo‘lgan virus mutatsiyalariga nisbatan immunitet hosil bo‘lishini aniqlash maqsadida tadqiqotlar o‘tkazishgan.

«Vaksina o‘z samardorligini saqlab qolishiga amin bo‘ldik», — deyiladi xabarda.

«Moderna» ushbu natijalarga tayanib, o‘z vaksinasi hosil qiladigan immunitet yaqinda Buyuk Britaniyada paydo bo‘lgan virusning yangi shtammidan himoyalay olishiga ishonmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring