Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mutaxassis koronavirusni nima o‘ldirishini ma’lum qildi

Mutaxassis koronavirusni nima o‘ldirishini ma’lum qildi

Foto: «RIA Novosti»

Har qanday dezinfeksiyalovchi vosita koronavirusga halokatli ta’sir ko‘rsatadi. Bu haqda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va inson salomatligini nazorat qilish Federal xizmati rahbari — Rossiya Federatsiyasining bosh davlat sanitariya vrachi Anna Popova «Rossiya-1» telekanali efirida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, belgilangan konsentratsiyadagi har qanday dezinfektant virusni o‘ldiradi.

«Nima bilan artmaylik, muhimi, dezinfektant bilan ishlov berish kerak», — deya ta’kidladi Popova.

U, shuningdek, koronavirus buyumlarning yuzasida 48 soatgacha saqlanishini eslatib qo‘ydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring