Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda 38 yoshli bemor koronavirusdan vafot etgani tasdiqlandi

Navoiyda 38 yoshli bemor koronavirusdan vafot etgani tasdiqlandi

Foto:«Xabar.uz»

Navoiy shahrida yashovchi, 38 yoshli X.Sh. joriy yil 2 iyul kuni koronavirus infeksiyasiga namuna topshirgan va kasalligi tasdiqlangan. Shu kunning o‘zdayoq shifoxonaga yotqizilgan.

Unga «COVID-19» infeksiyasi og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya, nafas yetishmovchiligi 1-2-darajasi tashxisi qo‘yilgan.

Qo‘shimcha gipertoniya kasalligi 3-daraja, arterial gipertenziya tashxisi ham qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi 3-4-daraja, o‘tkir bosh miya va o‘pka shishi kabi asoratlar bilan kechgan.

Bemor 2019-yildan buyon gipertoniya kasalligi bilan nazoratda turgan. Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli mutaxassislar tomonidan doimiy nazoratga olingan.

Biroq shifokorlarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi, o‘tkir bosh miya va o‘pka shishi oqibatida vafot etdi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring