Niderlandiya yalpi karantinga kirdi
Niderlandiya hukumati 2021-yilning 19-yanvariga qadar umumilliy karantin joriy etishga qaror qildi. Cheklov bugun, 15-dekabrga o‘tar kechasidan kuchga kirdi.
Karantin cheklovlariga ko‘ra, mamlakatdagi barcha do‘konlar yopiladi (kundalik ehtiyoj uchun eng muhim mahsulotlar sotiladiganlaridan tashqari), barcha maktablar chorshanbadan onlaynga o‘tkaziladi. Fuqarolarga uyda qolish va mehmon chaqirmaslik tavsiya etilgan.
Komendantlik soatini joriy etishni ham muhokama qilishgan, keyinchalik bu qarordan voz kechishgan.
Niderlandiyada o‘tgan dushanba kuni koronavirusni yuqtirish bo‘yicha 8 496 ta yangi holat qayd etildi. Pandemiya boshlanganidan buyon mamlakatda 621 ming nafardan ortiq inson kovidga chalingan, bemorlarning 10 ming nafardan ziyodi vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter