Nukusda koronavirus aniqlangan bemor 42 yoshida vafot etdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida yashovchi 42 yoshli B.D.da (erkak) joriy yil 3-iyul kuni «COVID-19» infeksiyasi tasdiqlangan va Qoraqalpog‘iston Respublikasi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
SSV izohida aytilishicha, unga «COVID-19» infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchiligi, semizlik 2-darajasi asoratlari bilan kechgan.
Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter