Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyo go‘zallaridan biri koronavirusga chalindi

Dunyo go‘zallaridan biri koronavirusga chalindi

Foto: «Yandex»

Dunyo go‘zallarining turli reytinglarida muntazam ishtirok etib turadigan hindistonlik aktrisa va model Ayshvariya Ray Bachchan koronavirusni yuqtirib oldi. Bu haqda bugun, ya’ni 12-iyul kuni «The Guardian» xabar berdi.

Avvalroq Bolluvudning mashhur aktyori Amitabx Bachchan koronavirusga chalingani haqida xabar bergandik.

Ray Bachchan turmush o‘rtog‘i Abxishek Bachchan va qaynatasi Amitabx Bachchan COVID-19 bilan shifoxonaga yotqizilgan kuni koronavirusga topshirgan tahlil natijalari musbat chiqdi. «Koronavirus» tashxisi dunyoga mashhur aktrisaning sakkiz yoshli qizalog‘iga ham qo‘yilgan.

12-iyul kuni Hindistonda kasallanishlar soni bo‘yicha rekord qayd etildi: o‘tgan bir kecha-kunduzda 27100 kishi koronavirus aniqlangan. Endi mamlakatda kasallanganlar soni 850 ming kishini tashkil etmoqda. Hukumat aholisi zich hududlarda ilgari bekor qilingan karantin qoidalarini yana joriy etmoqchi.

Ayshvariya Ray 1994-yilda «Dunyo go‘zali» tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. U «Abadiy siznikiman», «Muhabbat ohanglari», «Aql va tuyg‘u», «Jo‘shqin muhabbat», «Devdas», «Baykerlar 2: Haqiqiy tuyg‘u» kabi hind kinolari hamda Gollivudda «Pushti pantera 2» komediyasida rol ijro etgan.

Ray Bachchan dunyo go‘zallarining turli reytinglarida bir necha marta ishtirok etgan. Hozirgi kunda eng mashhur Bollivud yulduzlaridan biri hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring