Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘lim statistikasi O‘zbekistonda qo‘rqinchli tus olmoqda

O‘lim statistikasi O‘zbekistonda qo‘rqinchli tus olmoqda

Mirobod tumanida yashovchi 72 yoshli L.S. (ayol) 29-iyundan 1-son Respublika klinik shifoxonasida «COVID-19» infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniyaning o‘ta og‘ir kechishi, nafas yetishmovchiligining 3-darajasi, surunkali yurak qon-tomir yetishmovchiligi tashxisi bilan davolanib kelgan.

SSV xabariga ko‘ra, bemor bundan avval yurak ishemik kasalligi, zo‘riquvchi stenokardiya, gipertoniya kasalligining 3-darajasi, qandli diabetning 2-turi (insulinga muhtoj), diabetik nefropatiya, angiopatiya, retinopatiya, polineyropatiya, yog‘li gepatozning 2-darajasi, surunkali pankreatit bilan davolanib yurgan va nazoratda turgan.

Dinamikada bemorning holati og‘irlashganligi sababli 4-iyul kuni u Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga o‘tkazilgan.

Klinikada bemor bir necha marta Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari tomonidan konsultatsiya qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Bugun o‘limlar soni bo‘yicha kunlik ko‘rsatkich qo‘rqinchli tus oldi. Bunga qadar bir kun davomida eng ko‘pi bilan uch nafargacha o‘lim holati qayd etilgan bo‘lsa, bugun toshkentlik ikki nafar, qoraqalpog‘istonlik bir nafar va navoiylik bemor hayotdan ko‘z yumgani ma’lum qilingandi. Mana, endi Toshkentdan yana bir bemor qurbon bo‘lgani (45-o‘lim) ayon bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring