Ommaviy emlash ham virusni butunlay yo‘q qila olmaydi — Oksford professori

Og‘ir haqiqat shundaki, virus hozir biz bilan birga va endi hech qayerga ketmaydi, dedi Oksford professori Jon Bell parlament vakillari bilan uchrashuvda.
«Vaksinalar uzoq muddatli ta’sir ko‘rsatmaydi, shuning uchun bizda doimiy sikl bo‘ladi: emlashlar, keyin yana infeksiya, yana emlash va yana infeksiya...», — dedi u.
Mutaxassis so‘zlariga ko‘ra, koronavirus o‘nlab yillar davomida biz bilan qoladi. Dunyo bunday hayotga moslashishi kerak. Ommaviy emlash ham uni butunlay yo‘q qila olmaydi.
Professor dushanba kuni uning universitetida o‘tkazilgan klinik sinovlarda vaksinaning prototipi immun reaksiyasini keltirib chiqara olganligi haqidagi ijobiy xabarga qaramay shunday to‘xtamga kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari o‘rinbosari Sumiya Svaminatan COVID-19ga qarshi ommaviy emlash vaqtini ma’lum qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter