Onkologik kasallikka chalinganlar koronavirusga qarshi emlanadimi?
Onkologik kasallikka chalinganlar emlanishi mumkinmi?
Shifokor E’zozbek Rizayev ushbu savolga quyidagicha javob berdi:
— Ma’lumki, COVID-19 infeksiyasi onkologik kasallikka chalingan bemorlarda juda og‘ir o‘tadi.
Shu bois Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan onkologik xastaliklar bilan og‘riyotgan bemorlarni koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash zarur, deb belgilangan.
Biroq bunda tibbiy muolajalar turiga e’tibor qaratish lozim.
Ya’ni, agar bemorda kimyo yoki nur terapiyasi kursi o‘tkaziladigan bo‘lsa, emlash ushbu muolajadan avval qilinishi zarur.
Sababi, bu tibbiy muolajalar inson organizmida immun tizimining kuchsizlanishiga olib keladi. Natijada bu payt bemor vaksina olganida, tanada koronavirus infeksiyasiga qarshi javob reaksiyasi – antitanachalar ishlab chiqarilishi past bo‘ladi.
Demak, onkologik kasalliklarga chalinganlar COVID-19ni yengil o‘tkazishi uchun ham emlanishi zarur.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter