Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston fuqarolari karantinga olingan hududlarda nazorat kuchaytirildi 

O‘zbekiston fuqarolari karantinga olingan hududlarda nazorat kuchaytirildi 

Foto: Mudofaa vazirligi

O‘tgan yilning so‘nggi oylaridan boshlangan koronavirus balosi bugun dunyoning deyarli barcha mamalakatini o‘rgimchak to‘ri misoli qamrab olishga ulgurdi. Afsuski, bu bizni ham chetlab o‘tmadi. Joriy yilning 15-mart kunidan boshlab yurtimizda ham koronavirusga chalingan bemorlar mavjudligi aniqlana boshlandi.

Yurtimizda ushbu infeksiyasining qamrovi kengaymasligi uchun hukumat darajasida barcha choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, barcha turdagi ta’lim dargohlarida vaziyat barqarorlashgunga qadar ta’til e’lon qilindi. Jamoat transporti harakati ham to‘xtatildi va boshqa ko‘plab zarur choralar ko‘rilmoqda.

Hozirgi kunda chet mamlakatlarda bo‘lib turgan fuqarolarimiz maxsus charter reyslar orqali mamlakatimizga olib kelinib, 14 kunlik karantinda saqlanmoqda. Karantinga olingan ob’yektlarda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, qolaversa, tibbiy nazoratdagi yurtdoshlarimizning o‘zboshimchalik bilan belgilangan hududni tark etishlarining oldini olish maqsadida nazorat choralari kuchaytirilmoqda. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti vakili Islom Qo‘chqorov xabar bermoqda.

Foto: Mudofaa vazirligi

Fuqarolarimiz xavfsizligini ta’minlash maqsadida bugun karantinga olingan ob’yektlarda Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari kunu tun o‘z xizmat faoliyatini olib bormoqda. Xavfsizlikning bu tarzda kuchaytirilishi, shubhasiz, hamyurtlarimiz salomatligi va mamlakatimizning ushbu kasallikdan talafotsiz va tezroq xalos bo‘lishiga zamin yaratadi.

Karantin chora-tadbirlari belgilangan joylarda xizmat o‘tayotgan harbiylar xizmatchilarning huquqiy himoyasini mustahkamlash, aholiga tegishli tushuntirish ishlari olib borish maqsadida Respublika Harbiy prokuraturasi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari mazkur ob’yektlarda bo‘lishdi. Hamkorlikda olib borilayotgan bu kabi ishlar, albatta, kasallikning chekinishiga xizmat qiladi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring