O‘zbekiston «Sputnik V» hamda «AstraZeneca» vaksinasini xarid qilish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda
O‘zbekistonda aholi salomatligini muhofaza qilish va koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlarini kamaytirish maqsadida COVID-19 ga qarshi emlash tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish ishlari yakunlanmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Hojiboyev quyidagilarni ma’lum qilgan:
— COVID-19 bilan kasallanishda xavf osti guruhiga mansub to‘rt milliondan ortiq aholi qatlamini birinchi navbatda emlash tadbirlari uchun COVAX dasturi doirasida 660 ming doza AstraZeneca hamda Xitoy va O‘zbekiston olimlari xamkorligida yaratilgan 1 million doza ZF-UZ-VAK2001 vaksinalari keltirildi.
Bundan tashqari, COVAX doirasida joriy yilning may-iyun oylarida 2 million doza AstraZeneca, aprel-iyun oylarida esa 3,5 million doza ZF-UZ-VAK2001 vaksinalarini mamlakatimizga keltirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan Rossiya Federatsiyasidan 1 million doza Sputnik V vaksinasi xarid qilish yuzasidan shartnoma imzolanmoqda.
Shu bilan birga, ayni paytda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan yana qo‘shimcha AstraZeneca vaksinasini xarid qilish yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.
Bugungi kunda olimlarimiz tomonidan birinchi COVID-19 ga qarshi vaksinaning S oqsil molekulasi yaratilib, yaqin kunlarda hayvonlarda klinik oldi tadqiqotlarini boshlash rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter