Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda kasallikning 50 foizidan ortig‘i aholi orasida aniqlanmoqda

O‘zbekistonda kasallikning 50 foizidan ortig‘i aholi orasida aniqlanmoqda

AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori birinchi o‘rinbosari Botirjon Qurbonov ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifing bo‘lib o‘tdi.

Uning qayd etishicha, mamlakat bo‘ylab 5561 kishida kasallik aniqlangan, ulardan 4 096 nafar (76 foiz) bemor butunlay sog‘aydi, 1 446 nafar bemor davolanmoqda.

So‘nggi 14 kun davomida tasdiqlangan 1568 ta holatning 888 nafari (57%) aholi orasida, 680 nafari (43%) xorijdan kelgan fuqarolar orasida aniqlangan.

Epidemik vaziyat noxush bo‘lgan hududlardan kelgan va bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 51,431 nafar fuqaro salomatligi ustidan tibbiy nazorat davom etmoqda. Ulardan, 29 034 nafari uy sharoitida, 22,397 nafari statsionar sharoitda karantinga olingan.

Uy sharoitida 326,979 nafar, statsionar sharoitida 103,579 nafar fuqarolar karantindan chiqarildi.

Virusologik laboratoriyalarda oxirgi bir kunda 19 010 ta, epid mavsum davomida 944 189ta test sinovi o‘tkazildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring