Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga Fransiyadan vaksina keltirilmoqda

O‘zbekistonga Fransiyadan vaksina keltirilmoqda

14-avgust kuni COVAX dasturi doirasida Fransiyadan 276 480 doza AstraZeneca vaksinasi yurtimizga olib kelinishi kutilmoqda.

Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi. 

Shunda yurtimizga keltirilgan jami vaksina miqdori 14 million 856 ming 540 dozaga yetadi.

Ulardan:

- 370 000 dozasi «Sputnik V»,
- 986 480 dozasi AstraZeneca,
- 10 500 000 dozasi ZF-UZ-VAC2001,
- 3 000 060 dozasi Moderna vaksinasidir.

Eslatib o‘tamiz, 12 avgust holatiga ko‘ra, jami 11 651 161 doza vaksina emlash jarayonlarida foydalanilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring