O‘zbekistonga Pfizer vaksinasining yirik partiyasi olib kelindi
Bugun mamlakatimizga COVAX dasturi doirasida 1 999 530 doza Pfizer vaksinasi keltirildi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda foydalanilayotgan vaksinalar miqdori 71 750 853 dozaga yetdi.
Ulardan:
- 2 606 080 dozasi AstraZeneca;
- 48 169 038 dozasi ZF-UZ-VAC 2001;
- 1 341 790 dozasi "Sputnik V";
- 10 688 860 dozasi Moderna;
- 6 625 710 dozasi Pfizer/BioNTech;
- 1 976 000 dozasi Sinovac;
- 343 375 dozasi Sputnik light vaksinasidir.
Shundan 59 351 963 dozaga yaqin vaksina emlash jarayonlarida qo‘llanildi.
Hozirda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi 12,2 mln. doza vaksina zaxirasi mavjud.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter