Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Pandemiyani birinchi bo‘lib yenggan» Yevropa mamlakati prezidenti chegaralarni yana yopmoqchi

«Pandemiyani birinchi bo‘lib yenggan» Yevropa mamlakati prezidenti chegaralarni yana yopmoqchi

Foto: «Gazeta.ru»

Chernogoriya prezidenti Milo Jukanovich 8-mart kuni parlamentga murojaatida, koronavirus bilan kasallanishlar soni keskin oshib borayotgani sababli, mamlakat chegaralarini yopish va cheklovlar joriy etishni so‘radi.

«COVID-19 oqibatida vafot etganlar va yangi kasallanishlar holatlari haqidagi ma’lumotlar xavotirli. Men Chernogoriya hukumatini zudlik bilan mamlakat chegaralarini yopish va eng qattiq epidemiologik choralar kiritishga chaqiraman», — deb yozdi prezident tvitterda.

Jukanovichga ko‘ra, qattiq cheklovlargina sog‘liqni saqlash tizimidagi barqarorlikni ushlab turish hamda iqtisodiyotni tezroq oyoqqa turg‘azish imkonini beradi.

Ayni paytda Chernogoriyaga butun dunyodan sayyohlar kirishiga ruxsat bor, koronavirus bo‘yicha testlar va ma’lumotnomalar talab etilmayapti.

Eslatib o‘tamiz, chegaralarini o‘z vaqtida yopgan Chernogoriya Yevropadagi pandemiyadan xoli so‘nggi mamlakat bo‘lgandi.

Mamlakatda koronavirus infeksiyasini yuqtirish bo‘yicha ilk holat 2020-yilning 18-mart kuni qayd etildi.

2020-yilning 25-may kuni esa prezident Milo Jukanovich Chernogoriya koronavirusni yengganini e’lon qilgandi.

Biroq COVID-19 mavjud, jumladan, Chernogoriyada ham. «Worldometer»ga ko‘ra, Chernogoriyada pandemiya davrida koronavirus bilan kasallanganlar soni jami 80191 nafarga yetdi, vafot etganlar — 1085 nafar, sog‘ayganlar — 70137 nafar. 8-mart kuni mamlakatda 417 ta yangi kasallanish holati aniqlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring