Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pandemiyaning ikkinchi yili birinchisidan og‘irroq kechadi — JSST

Pandemiyaning ikkinchi yili birinchisidan og‘irroq kechadi — JSST

Foto: EPA/UPG

COVID-19 pandemiyasining ikkinchi yili birinchisidan og‘irroq kechishi mumkin. Bu haqda JSSTning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dasturi direktori Maykl Rayan bayonot berdi.

Uning aytishicha, JSSTga oxirgi ikki hafta davomida kelib tushgan ma’lumotlar kasallanishlar yana eng yuqori cho‘qqisiga chiqqanini ko‘rsatmoqda. Xususan, so‘nggi bir hafta davomida qariyb besh million kishi koronavirusga chalindi, bemorlarning 85 ming nafardan ziyodi vafot etdi.

So‘nggi yetti kun davomidagi kasallanishlarning yarmidan ko‘pi Shimoliy va Janubiy Amerikaga, har uchinchisi Yevropaga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, G‘arbiy-Tinch okeani mintaqasi, Afrika va Sharqiy O‘rta yer dengizi hududlarida infeksiyani yuqtirish holatlari ko‘payib boryapti.

Shimoliy yarimshar mamlakatlarida virus yuqishini tezlashtirgan pandemik «ideal bo‘ron» kuzatilayotganini ta’kidlagan Rayan ayni holatni sovuq iqlim sharoitida odamlarning virus yuqishiga omil bo‘luvchi yopiq inshootlarda ko‘p to‘planishi va yangi shtamm bilan izohladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring