Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pekin koronavirusning Xitoyda paydo bo‘lganiga shubha qilmoqda

Pekin koronavirusning Xitoyda paydo bo‘lganiga shubha qilmoqda

Foto: «AP Photo»

Pekin koronavirus infeksiyasi aynan Xitoyda kelib chiqqanligiga shubha qilmoqda. Bu haqda XXRning Rossiyadagi elchisi Chjan Xanxuey ma’lum qildi, deb yozadi «RIA Novosti».

«Darhaqiqat, epidemiya Xitoyda tarqala boshladi. Lekin bu dastlabki manbaga ishora qiladi degani emas», — deb hisoblaydi diplomat. Uning ta’kidlashicha, Pekin infeksiyani shunchaki boshqa mamlakatlarga qaraganda ertaroq aniqladi va tegishli choralarni ko‘ra boshladi.

31-may kuni Xitoy kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazi direktori Gao Fu koronavirusning kelib chiqishiga doir yangi taxminni ilgari surdi. Unga ko‘ra kasallik Xitoyning Uxan shahridagi bozorda paydo bo‘lmagan. Gaoning izohlashicha, bozordagi jonivorlardan olingan tahlillarda virus izlari topilmagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 7,24 million kishidan oshgan. Pnevmoniyadan 411 260 kishi vafot etdi, 3,37 million kishi tuzalgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring